Tillar:
Turkiyada maqom, katta ashula va milliy cholg’ularni targ’ib etuvchi to’garak tashkil etiladi
“Maqom xonandaligi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Abbosjon G‘afforovning sinf konserti o'tkazildi
Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti rektori v.b. Eldor Shermanov “Oriat dono” radiosining 24 yillik yubileyi
Vazirlar Mahkamasi 2020-yil 2-sentabrdagi 536-sonli “Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori asosida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining tegishli ta’lim yo‘nalishlari negizida Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti tashkil etildi. U maqom ijrochiligi, baxshichilik va katta ashula yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.
Fakultet – o‘zbek milliy musiqa san’ati jumladan, maqom cholg‘u ijrochiligi san’ati bo‘yicha ijrochilar, o‘zbek milliy bastakorligi bo‘yicha bo‘lajak bastakor kadrlar tayyorlashni hamda baxshichilik va dostonchilik yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy salohiyatni yuksaltirish ishlari shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Fakultet – o‘zbek milliy musiqa san’ati jumladan, maqom xonandaligi va cholg‘u ijrochiligi san’ati bo‘yicha professional ijrochi va pedagoglar tayyorlashni, ilmiy tadqiqot ishlari, shuningdek, ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash hamda tashkiliy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Talabalar soni
O'qituvchilar soni
Fakultetlar