Cart

image_not_found

Rorem ipsum dolor sit amet.

$19.00
image_not_found

Rorem ipsum dolor sit amet.

$22.00
image_not_found

Rorem ipsum dolor sit amet.

$43.00
image_not_found

Rorem ipsum dolor sit amet.

$14.00
Sub Total: $87.00

“Vokal va cholg'u ijrochiligi pedagoglar tayyorlash” kafedrasi

  • Bosh sahifa
  • “Vokal va cholg'u ijrochiligi pedagoglar tayyorlash” kafedrasi


JABBAROV MAKSAD JUMANAZAROVICH

    Ilmiy darajasi va unvoni:Mustaqil izlanuvchi (PhD)


    Lavozimi: Kafedrasi mudiri v.v.b


    Qabul vaqtlari: Har ish kuni (10.00 – 12.00)


    Tel.:+998 90 9886270


    E-mail: 1tanbur@mail.ru


    Dars beradigan fanlari: Cholg‘u ijrochiligi (tanbur), Qo‘shimcha cholg‘ularni o‘rganish, Cholg‘u sozini o‘rganish, Maktab repertuarini o‘rganish, Ansambl sinfi (an’anaviy cholg‘ular).


  • Kafedra qisqa tarixi:

Kafedra O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi “Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6000-sonli farmoniga muvofiq tashkil tashkil etilgan Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti tarkibida faoliyatini boshlagan.

2024-2025 o‘quv yilida kafedraning umumiy shtati 17 stavkani tashkil etadi (shu shtatlarda jami 26 nafar pedagog va 9 nafar jo‘rnavoz ishlaydi), shundan o‘qituvchilar 12,5 shtat asosiy, 4,5 shtat o‘rindoshlik asosida, jo‘rnavozlar 7 shtat asosiy, 1,25 shtat o‘rindoshlik asosida.

- professor – 4 nafar (3 nafar erkak, 1 nafar ayol)

- dotsent – 2 nafar (2 nafar erkak);

- katta o‘qituvchi – 3 nafar (3 nafar erkak);

- o‘qituvchilar – 11 nafar (7 nafar erkak, 4 nafar ayol).

Kafedra a’zolarining o‘rtacha yoshi 35-40 yoshni tashkil qiladi.

Ilmiy salohiyat asosiy shtatdagi professor-o‘qituvchilar hisobiga 42,85 %ni tashkil etadi.

Kafedra bakalavriat bosqichining 60112400-Professional ta’lim: 60211400-Vokal san’ati: an’anaviy xonandalik hamda 60112400-Professional ta’lim: 60211500-Cholg‘u ijrochiligi: an’anaviy cholg‘ular ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllarida, 60111300 - Musiqa ta’limi yo‘nalishlarida mutaxassislar tayyorlaydi. Shulardan, hozirgi kunda kunduzgi ta’lim yo‘nalishlarida 73 nafar va sirtqi ta’lim yo‘nalishlarida 107 nafar talaba tahsil olmoqda.

Ta’lim jarayoni zamonaviy Kredit-modul hamda HEMIS axborot ta’lim tizimi asosida tashkil etilgan. O‘quv rejalar va fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlari ilg‘or oliy ta’lim muassasalari tajribalarini o‘rganish va qiyosiy tahlil qilish asosida shuningdek, buyurtmachilarning talablarini inobatga olgan holda yaratilgan. Jumladan, Professional ta’lim: an’anaviy xonandalik va cholg‘u ijrochiligi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarga ixtisoslik, ansambl fanlari bilan bir qatorda o‘zi tanlagan qo‘shimcha cholg‘u sozini ham o‘rganish imkoniyati mavjud.

Talabalar mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha bakalavriat bosqichini tugatganlaridan so‘ng diplom ilovasiga Davlat Attestatsiya komissiyasi qaroriga binoan 60112400-Professional ta’lim: 60211400-Vokal san’ati: an’anaviy xonandalik ta’lim yo‘nalishi bitiruvchisiga “Maktabdan tashqari ta’lim muassasalari musiqa va san’atga ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida vokal san’ati (turlari bo‘yicha) fanlari o‘qituvchisi (shuningdek, “Qo‘shimcha cholg‘ularni o‘rganish” fanini o‘zlashtirgan bitiruvchiga o‘rgangan cholg‘usining nomi qavs ichida ko‘rsatiladi)” kasbiy ixtisoslashuv malakasi yozib beriladi.

Ijrochilikda iste’dodi alohida e’tirof etilgan bitiruvchi yakka xonanda, maqom ansambli xonandasi sifatida faoliyat olib borishi mumkin.

60112400-Professional ta’lim: 60211500-Cholg‘u ijrochiligi: an’anaviy cholg‘ular ta’lim yo‘nalishi bitiruvchisiga “Maktabdan tashqari ta’lim muassasalari musiqa va san’atga ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida cholg‘u ijrochiligi (turlari bo‘yicha) fanlari o‘qituvchisi” kasbiy ixtisoslashuv malakasi yozib beriladi.

Ijrochilikda iste’dodi alohida e’tirof etilgan bitiruvchi ansambl sozandasi, jo‘rnavoz sifatida faoliyat olib borish hamda cholg‘u ijrochiligi turlarining oiladosh cholg‘ulardan kasbiy va pedagogik faoliyat yuritishi mumkin.

60111300 - Musiqa ta’limi: ta’lim yo’nalishi va mutaxassisligi bo’yicha talabalarni o’qitish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini uzviy va uyg’unlashgan holda olib borish, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash shuningdek, professor-o’qituvchilarning ilmiy-tadqiqot loyihalarini bajarish ishlari amalga oshiriladi.

Professor-o‘qituvchilar va talabalarning ilmiy-ijodiy faoliyatlarini yanada rivojlantirish borasida kafedra tomonidan muntazam ravishda seminarlar, konferensiyalar, tanlovlar, musiqiy kechalar, konsertlar va turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilishi hamda ularni telekanallar va ijtimoiy tarmoqlar orqali namoyish etib borilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Hozirgi kunda tahsil olayotgan talabalar orasida “Shuhrat” medali, “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti hamda nomdor stipendiyalar sohiblari ham mavjud.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentininig 2018 yil 7 maydagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha” PQ-3698 qarorlaridan kelib chiqib fanning ta’lim va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi uzviyligini ta’minlash maqsadida Respublika musiqa va san’at kolleji, R.M.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi, V. Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi bilan hamkorlik aloqalari amalga oshirilgan. Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar, xalqaro hamkorlik istiqbollarini o‘zaro anglash, musiqa san’ati, musiqashunoslik va musiqa ta’limi sohasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Osh davlat pedagogika universiteti bilan innovatsion hamkorlik sharnomalari imzolangan hamda aloqalar o‘rnatilgan.

Kafedra professor-o‘qituvchilari hamkorlik doirasida o‘tkazilayotgan ilmiy-nazariy anjumanlar, ilmiy-ijodiy seminarlarda ishtirok etib kelmoqda.

“Vokal va cholg‘u ijrochiligi pedagoglari tayyorlash” kafedrasida ilmiy-tadqiqot faoliyatiga kafedra istiqbolini belgilovchi asosiy yo‘nalish sifatida qaraladi.

Kafedra bosh mavzusidan kelib chiqib, professor-o‘qituvchilarning ilmiy tadqiqot doirasida olib borayotgan izlanishlarini ommalashtirish va kafedra professor-o‘qituvchilari o‘rtasida o‘zaro ilmiy munozaralarni yuzaga chiqarish maqsadida ilmiy-nazariy seminarlar, mahorat darslari, ijodiy uchrashuvlar muntazam o‘tkazib boriladi.

Kafedra ilmiy tadqiqot faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari quyidagilarga qaratilgan:

- kafedraning tasdiqlangan kompleks mavzusi doirasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish, nashr etishga tavsiya berish va ularning natijalarini amaliyotga joriy etish, ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;

- ilmiy, ilmiy-uslubiy nashrlar, o‘quv qo‘llanma, o‘quv-uslubiy ishlanma, monografiyalar tayyorlash va chop etish;

- kafedraning ustuvor ilmiy yo‘nalish bo‘yicha amaliy tadqiqotlar ustida ishlashni yo‘lga qo‘yish;

- turdosh muassasa va tashkilotlar bilan ilmiy hamkorlik qilish;

- ilmiy-nazariy, amaliy anjuman, seminarlarda ishtirok etish;

- talabalarning ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etish, iqtidorli talabalarni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb etish, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnikaviy shart-sharoitlar yaratish;

- institut axborot-resurs markazini kafedra ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisligiga oid yangi o‘quv, ilmiy-texnikaviy va davriy adabiyotlar bilan uzluksiz to‘ldirib borish va yangilanishini doimiy nazorat qilish.


  • “VOKAL VA CHOLG‘U IJROCHILIGI PEDAGOGLARI TAYYORLASH” KAFEDRASINING “DUTOR ” NOMLI TO‘GARAK FAOLIYATI HAQIDA

  • MA’LUMOT

To‘garakning maqsadi – yoshlarning iqtidorini qo‘llab-quvvatlash, ijodiy salohiyaini shakllantirishga ko‘mak berish, ularni turli ko‘rik-tanlovlarda ishtirokini ta’minlash hamda tanbur, dutor, qashqar rubobi kabi milliy sozlarimizga bo‘lgan qiziqishlarini yanada yuksaltirish, musiqa olamini, go‘zallikni xis qilish, insoniy fazilatlarni tarkib toptirishdan iborat.

To‘garakning vazifalari – Musiqa ta’limi yo‘nalishida ta’lim olayotgan iqtidorli talabalarni jamlab, ularga “Shashmaqom”, Toshkent-Farg‘ona maqomlari va Xorazm maqomlarini tahlil qilish, milliy musiqa me’rosimizdagi oltin fond (audio-video) yozuvlarini yig‘ish, atoqli ustozlar ijro yo‘llarini o’rganish va tahlil qilish, saviyasi, iqtidoriga mos asarlarni tanlab o‘rganishdan iborat.


  • 6.2. To‘garak mashg’ulot mavzulari

Mavzular mazmuni Mashg’ulotlar maqsadi
1. Dutor sozi bilan tanishuv Cholg‘u sozi zarblari ustida ishlash
2. Dutor sozi ijrochilari va uslublar haqida tushunchalar Audio yozuvlar yordamida uslublar xilma xilligini kuzatish
3. Dutor cholg‘usida gammalar va texnik mashqlar Re major gammasida turli xil shtrixlar chalish
4. Bastakorlar ijodidan namunalar M.Mirzayevning “Yangi tanovor” asarini o‘rganish
5. Xalq kuylaridan yengil namunalar o‘rganish Adolat tanovori asarini ijro imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda o‘zlashtirish
6. Konsert ijrochiligi xususiyatlari O‘rganilgan asarni sahnada

  • “VOKAL VA CHOLG‘U IJROCHILIGI PEDAGOGLARI TAYYORLASH” KAFEDRASINING “O‘ZBEGIM XONANDALARI” NOMLI TO‘GARAK
  • FAOLIYATI HAQIDA
  • MA’LUMOT

To‘garakning maqsadi – yoshlarning iqtidorini qo‘llab-quvvatlash, ijodiy salohiyaini shakllantirishga ko‘mak berish, ularni turli ko‘rik-tanlovlarda ishtirokini ta’minlash hamda tanbur, dutor, qashqar rubobi kabi milliy sozlarimizga bo‘lgan qiziqishlarini yanada yuksaltirish, musiqa olamini, go‘zallikni xis qilish, insoniy fazilatlarni tarkib toptirishdan iborat.

To‘garakning vazifalari – Musiqa ta’limi yo‘nalishida ta’lim olayotgan iqtidorli talabalarni jamlab, ularga “Shashmaqom”, Toshkent-Farg‘ona maqomlari va Xorazm maqomlarini tahlil qilish, milliy musiqa me’rosimizdagi oltin fond (audio-video) yozuvlarini yig‘ish, atoqli ustozlar ijro yo‘llarini o’rganish va tahlil qilish, saviyasi, iqtidoriga mos asarlarni tanlab o‘rganishdan iborat.


Mavzular mazmuni Mashg’ulotlar maqsadi
1. Sherali Jo‘rayev hayoti va ijodi Ustozlar ijro maktabini o‘rganish
2. Sherali Jo‘rayev ijro uslubi bilan tanishish Audio yozuvlar yordamida Sherali Jo‘rayev ijro uslubining o‘ziga xosligini aniqlash
3. ,,O‘zbegim “ , ,, Sohibqiron “ , ,, Sen qaytmasang “ , ,, Bahor ayyomi “ kabi asarlar ijrosini o‘rganish. Sherali Jo‘rayev ijrosidagi asarlarni mukammal o‘rganish
4. Konsert ijrochiligi xususiyatlari O‘rganilgan asarni sahnada ijro qilish ko‘nikmasini hosil qilish

  • KAFEDRA PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI

SUYUNOVA ZAMIRA RAJABOVNA
Ilmiy darajasi va unvoni: Professor, O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti
Lavozimi: Professor
Qabul vaqtlari: Dushanba- payshanba
Tel.: +998 90 963 76 44
Dars beradigan fanlari Vokal sana’ti (an’anaviy xonandalik), Maktab repertuarini o‘rganish.
SHOMURODOV JAMSHID OLIMBOY O‘G‘LI
Ilmiy darajasi va unvoni: Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Lavozimi: O‘qituvchi
Qabul vaqtlari: Dushanba- juma
Tel.: +998 99 7722450
Dars beradigan fanlari Kasbiy pedagogika, pedagogika psixologiya, musiqiy pedagogika va texnologiya
HALILOV MA’RUFJON ABBOSOVICH
Lavozimi: Katta o‘qituvchi
Qabul vaqtlari: Dushanba-payshamba-juma
Tel.: +99891 1645066
Dars beradigan fanlari Cholg‘u ijrochiligi (g‘ijjak), Qo‘shimcha cholg‘ularni o‘rganish, Cholg‘u sozini o‘rganish, Maktab repertuarini o‘rganish, Ansambl sinfi (an’anaviy cholg‘ular).
ABDULLAYEV LOCHINBEK JALILOVICH
Lavozimi: O‘qituvchi
Qabul vaqtlari: Dushanba-shanba
Tel.: +998 99 190 09 50
Dars beradigan fanlari Vokal sana’ti (an’anaviy xonandalik), Maktab repertuarini o‘rganish, Ansambl sinfi (an’anaviy xonandalik).
NAZAROV SHERZOD DILSHOD O‘G‘LI
Lavozimi: O‘qituvchi
Qabul vaqtlari: Dushanba-payshanba-shanba
Tel.: +998 90 8050034
Dars beradigan fanlari Cholg‘u ijrochiligi (doira), Qo‘shimcha cholg‘ularni o‘rganish, Cholg‘u sozini o‘rganish, Maktab repertuarini o‘rganish.
AKMALOV DILSHOD RAXMATXONOVICH
Lavozimi: O‘qituvchi
Qabul vaqtlari: Seshanba-juma
Tel.: +998 99 8285495
Dars beradigan fanlari Cholg‘u ijrochiligi (chang), Qo‘shimcha cholg‘ularni o‘rganish, Maktab repertuarini o‘rganish.
XOLXO‘JAYEV SHUHRAT ABDUXOLIQOVICH
Lavozimi: O‘qituvchi
Qabul vaqtlari: Dushanba-payshamba-juma-shanba
Tel.: +99890 350 68 24
Dars beradigan fanlari Cholg‘u ijrochiligi (tanbur), Qo‘shimcha cholg‘ularni o‘rganish, Cholg‘u sozini o‘rganish, Maktab repertuarini o‘rganish, Ansambl sinfi (an’anaviy cholg‘ular).
ABDUAZIMOV FARRUH ABDUG‘ANIYEVICH
Lavozimi: O‘qituvchi
Qabul vaqtlari: Dushanba-shanba
Tel.: +998 99 190 09 50
Dars beradigan fanlari Cholg‘u ijrochiligi (rubob), Qo‘shimcha cholg‘ularni o‘rganish, Cholg‘u sozini o‘rganish, Maktab repertuarini o‘rganish, Ansambl sinfi (an’anaviy cholg‘ular)
ABDULLAYEVA SOHIBA
Lavozimi: O‘qituvchi
Qabul vaqtlari: Seshanba-juma-shanba
Tel.: +998 99 928 01 92
Dars beradigan fanlari Vokal sana’ti (an’anaviy xonandalik), Maktab repertuarini o‘rganish, Ansambl sinfi (an’anaviy xonandalik).
NURMETOVA DILFUZA KADAMOVNA
Lavozimi: O‘qituvchi
Qabul vaqtlari: Seshanba- -shanba
Tel.: +998 97 7257586
Dars beradigan fanlari Cholg‘u ijrochiligi (dutor), Qo‘shimcha cholg‘ularni o‘rganish, Cholg‘u sozini o‘rganish, Maktab repertuarini o‘rganish.
USMANOV SIROJIDDIN MAXAMADALIYEVICH
Lavozimi: O‘qituvchi
Qabul vaqtlari: Dushanba-payshamba-juma
Tel.: +99897 718 18 24
Dars beradigan fanlari Cholg‘u ijrochiligi (chang), Qo‘shimcha cholg‘ularni o‘rganish, Cholg‘u sozini o‘rganish, Maktab repertuarini o‘rganish.
TOSHEVA MARJONA RUSTAM QIZI
Lavozimi: O‘qituvchi
Qabul vaqtlari: Seshanba-shanba
Tel.: +998 93 397 00 35
Dars beradigan fanlari Cholg‘u ijrochiligi (dutor), Qo‘shimcha cholg‘ularni o‘rganish, Cholg‘u sozini o‘rganish, Maktab repertuarini o‘rganish, Ansambl sinfi (an’anaviy cholg‘ular).
SAMADOV QUDRATTILLA SUNNATILLAYEVICH
Lavozimi: O‘qituvchi
Qabul vaqtlari: Dushanba-payshamba-juma
Tel.: +99890 996 42 92
Dars beradigan fanlari Cholg‘u ijrochiligi (doira), Maktab repertuarini o‘rganish.
ABDURASHIDOV ABDULAXAD
Ilmiy darajasi va unvoni: Professor, O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti
Lavozimi: Professor
Qabul vaqtlari: Seshanba-juma
Tel.: +998 90 185 97 01
Dars beradigan fanlari Cholg‘u ijrochiligi (nay).
Davletov Farhod
Ilmiy darajasi va unvoni: O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi
Lavozimi: O‘qituvchi
Qabul vaqtlari: Hafta kunlari
Tel.: +998 90 719 74 05
Dars beradigan fanlari Vokal san’ati , maktab repertuari.
Xushnud Ismatov
Lavozimi: O‘qituvchi
Qabul vaqtlari: Chorshanba -Payshanba
Tel.: +998 94 122 77 99
Dars beradigan fanlari Vokal san’ati , Ansambl sinfi.
USMANOV MUXIDDIN
Lavozimi: O‘rindosh o‘qituvchi
Qabul vaqtlari: Dushanba - Chorshanba - Juma
Tel.: +998 90 348 49 04
Dars beradigan fanlari Cholg‘u ijrochiligi , maktab repertuari

  • Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:

1. Cholg‘u ijrochiligi (an’anaviy cholg‘ular)

2. Vokal san’ati (an’anaviy xonandalik)

3. Maktab repertuarini o‘rganish

4. Ansambl sinfi (an’anaviy xonandalik)

5. Qo‘shimcha cholg‘ularni o‘rganish

6. Cholg‘u sozini o‘rganish

7. Ansambl sinfi (an’anaviy cholg‘ular)

8. Kasbiy pedagogika

9. Pedagogika. Psixologiya

10. Musiqiy pedagogika va psixologiya

11. Tarbiyaviy ishlar metodikasi

12. Jamoa ijrochilik uslubiyoti

13. Xonandalikdan dars berish uslubiyoti

14. Cholg‘u ijrochiligini o‘qitish uslubiyoti

15. An’anaviy xonandalik

16. Cholg‘u ijrochiligi

  • KAFEDRA FAOLIYATIDAN FOTOLAVHALAR