Ilmiy darajasi va unvoni:San’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Lavozimi: Fakultet dekani
Qabul vaqtlari: Chorshanba, Juma kunlari (10.00 – 13.00)
Tel.:+998 90 974 32 23
E-mail: shahida88@bk.ru
Dars beradigan fanlari:Musiqashunoslik asoslari, Solfedjio, Etnosolfedjio, Garmoniya, Polifoniya, Zamonaviy musiqa shakli, XXI asr jahon musiqa madaniyati, Zamonaviy garmoniya, Doston solfedjio, Musiqa asarlari tahlili, Malakaviy amaliyot, Ilmiy tadqiqot va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash.
Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti qoshida 2020 yil 3-sentabrdan barcha kafedralar qatorida “O’zbek maqomi tarixi va nazariyasi” kafedrasi tashkil topgan.
2024-2025 o‘quv yilida kafedraning umumiy shtati 14,5 stavkani tashkil etadi (shu shtatlarda jami 16 nafar professor-o’qituvchi faoliyat olib bormoqda), shundan 6.5 shtat asosiy, 8 shtat o‘rindoshlik asosida.
- dotsent – 1 nafar (1 nafar ayol);
- katta o‘qituvchi – 1 nafar (1 nafar erkak);
- o‘qituvchilar – 5 nafar (2 nafar erkak, 3 nafar ayol).
- o‘qituvchilar – 3 nafar (1 nafar erkak, 2 nafar ayol).
Kafedra a’zolarining o‘rtacha yoshi 35 yoshni tashkil qiladi.
Ilmiy salohiyat asosiy shtatdagi professor-o‘qituvchilar hisobiga 35% ni tashkil etadi.
60211000 – San’atshunoslik (musiqashunoslik);
60210900 – Bastakorlik san’ati;
60211400 – Vokal san’ati (an’anaviy xonandalik);
60211500 – Cholg‘u ijrochiligi (an’anaviy cholg‘ular);
60211700 – Xalq ijodiyoti (baxshichilik va dostonchilik);
70211002 – Musiqa san’ati;
70211401 – Vokal san’ati (an’anaviy xonandalik);
70211502 – Cholg‘u ijrochiligi (an’anaviy cholg‘ular);
Kafedrada “Ustoz-shogird” an’anasi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, professor-o‘qituvchilar tomonidan yosh kadrlarga o‘quv, tа’lim-tarbiya va ma’naviy-ma’rifiy ishlar yuzasidan faoliyat olib borilmoqda. Bundan tashqari, kafedrada o‘qituvchilar tomonidan ilmiy-uslubiy ishlar, xususan, o‘quv qo‘llanma, monografiya, darsliklar, ilmiy maqolаlаr va turli konferensiyalarda ishtirok etib o‘z maqolalarini nashr ettirish masalalariga alohida e’tibor beriladi. Kafedra yetakchi o‘qituvchilari tomonidan muntazam ilmiy hamda ijtimoiy grant loyihalarida ham o‘z ishlari bilan ishtirok etib kelishmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentininig 2018 yil 7 maydagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha” PQ-3698 qarorlaridan kelib chiqib fanning ta’lim va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi uzviyligini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat xoreografiya akademiyasi “Ijtimoiy-gumanitar” fanlar kafedrasi, Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar, xalqaro hamkorlik istiqbollarini o‘zaro anglash, musiqa san’ati, musiqashunoslik va musiqa ta’limi sohasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘sh davlat pedagogika universiteti bilan innovatsion hamkorlik shartnomalari imzolangan hamda aloqalar o‘rnatilgan.
Kafedra professor-o‘qituvchilari hamkorlik doirasida xalqaro va respublika ilmiy-nazariy anjumanlari, ilmiy-ijodiy seminarlari tashkil etilib kelinadi. “O‘zbek maqomi tarixi va nazariyasi” kafedrasida ilmiy-tadqiqot faoliyatiga kafedra istiqbolini belgilovchi asosiy yo‘nalish sifatida qaraladi. 2024-2025 yillarda “O‘zbek musiqasi tarixi nazariyasini o‘rganish va yosh avlodni milliy musiqa ruhida tarbiyalash” mavzusi kafedraning bosh ilmiy-tadqiqot mavzusi etib belgilangan. Bosh ilmiy tadqiqot mavzusi doirasida bajariladigan ilmiy izlanishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularni mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’milash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ3775-sonli qarori, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabr “Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 536-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashni ham nazarda tutadi.
Mazkur kafedraning bosh mavzusidan kelib chiqib, professor-o‘qituvchilarning ilmiy tadqiqot doirasida olib borayotgan izlanishlarini ommalashtirish va kafedra professor-o‘qituvchilari o‘rtasida o‘zaro ilmiy munozaralarni yuzaga chiqarish maqsadida turli seminarlar, mahorat darslari, ijodiy uchrashuvlar muntazam o‘tkazib boriladi.
– Kafedraning tasdiqlangan kompleks mavzusi doirasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish, nashr etishga tavsiya berish va ularning natijalarini amaliyotga joriy etish, ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;
– Ilmiy, ilmiy-uslubiy nashrlar, o‘quv qo‘llanma, o‘quv-uslubiy ishlanma, monografiyalar tayyorlash va chop etish;
– Vokal san’ati (an’anaviy xonandalik);
– Kafedraning ustuvor ilmiy yo‘nalish bo‘yicha amaliy tadqiqotlar ustida ishlashni yo‘lga qo‘yish;;
– Turdosh muassasa va tashkilotlar bilan ilmiy hamkorlik qilish;
– Ilmiy-nazariy, amaliy anjuman, seminarlarda ishtirok etish
– Talabalarning ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etish, iqtidorli talabalarni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb etish, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnikaviy shart-sharoitlar yaratish;
– Institut axborot-resurs markazini kafedra ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisligiga oid yangi o‘quv, ilmiy-texnikaviy va davriy adabiyotlar bilan uzluksiz to‘ldirib borish va yangilanishini doimiy nazorat qilish.
1. Musiqashunoslik asoslari.
2. Aruz va musiqa
3. Jahon musiqasi tarixi.
4. O‘zbek musiqasi tarixi.
5. Solfedjio. Maqom solfedjio.
6. Garmoniya
7. Sharq xalqlari musiqasi tarixi.
8. Musiqa asarlar tahlili.
9. Polifoniya
10. An’anaviy o‘zbek musiqasi asoslari
11. Musiqa nazariyasi. Solfedjio.
12. Manbashunoslik
13. Musiqiy tanqidning ilmiy asoslari
14. Musiqiy-nazariy fanlarni o‘qitish uslubiyoti
15. Musiqiy-tarixiy fanlarni o‘qitish uslubiyoti
16. Musiqashunoslik metodologiyasi
17. Etnomusiqashunoslik asoslari
18. Musiqiy-nazariy tizimlar
19. Musiqiy akustika
20. O’zbek maqom tarixi va nazariyasi
21. Radio va telejurnalistika notiqligi
22. Xalq musiqa ijodiyoti
23. Doston solfedjio
24. O’zbekiston musiqa madaniyati
25. Etnosolfedjio
26. Zamonaviy garmoniya
27. XXI asr jahon musiqa madaniyati
28. Maqomot va zamonaviy kompozitorlik ijodiyoti
29. Sharq xalqlari maqomlari
30. Zamonaviy musiqa shakli