Ilmiy darajasi va unvoni:Dotsent
Lavozimi: Kafedrasi mudiri
Qabul vaqtlari: Har ish kuni (09:00-18:00)
Tel.: +998 90 948-05-06
E-mail: ilyos_arabov@mail.ru
“Maqom cholg‘u ijrochiligi” kafedrasida ilmiy-tadqiqot faoliyatiga kafedra istiqbolini belgilovchi asosiy yo‘nalish sifatida qaraladi.
Kafedra bosh mavzusidan kelib chiqib, professor-o‘qituvchilarning ilmiy tadqiqot doirasida olib borayotgan izlanishlarini ommalashtirish va kafedra professor-o‘qituvchilari o‘rtasida o‘zaro ilmiy munozaralarni yuzaga chiqarish maqsadida ilmiy-nazariy seminarlar, mahorat darslari, ijodiy uchrashuvlar muntazam o‘tkazib boriladi.
Institutning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib madaniyat ehtiyojlaridan kelib chiqib maqom ijrochiligi va baxshichilik san’ati bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi.
Kafedra ilmiy tadqiqot faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari quyidagilarga qaratilgan:
- kafedraning tasdiqlangan kompleks mavzusi doirasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish, nashr etishga tavsiya berish va ularning natijalarini amaliyotga joriy etish, ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;
- ilmiy, ilmiy-uslubiy nashrlar, o‘quv qo‘llanma, o‘quv-uslubiy ishlanma, monografiyalar tayyorlash va chop etish;
- kafedraning ustuvor ilmiy yo‘nalish bo‘yicha amaliy tadqiqotlar ustida ishlashni yo‘lga qo‘yish;
- turdosh muassasa va tashkilotlar bilan ilmiy hamkorlik qilish;
- ilmiy-nazariy, amaliy anjuman, seminarlarda ishtirok etish;
- talabalarning ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etish, iqtidorli talabalarni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb etish, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnikaviy shart-sharoitlar yaratish;
- institut axborot-resurs markazini kafedra ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisligiga oid yangi o‘quv, ilmiy-texnikaviy va davriy adabiyotlar bilan uzluksiz to‘ldirib borish va yangilanishini doimiy nazorat qilish.
Kafedrada faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati:
2024-2025 o‘quv yilida kafedraning umumiy shtati 36 stavkani tashkil etadi (shu shtatlarda jami 41 nafar pedagog ishlaydi), shundan 21 shtat asosiy professor-o’qituvchi, 4,75 shtat ichki o‘rindoshlik asosida, 2 shtat tashqi o‘rindoshlik asosida, 7 shtat asosiy jo’rnavozlar, 0,75 shtat ichki o’rindoshlik asosidagi jo’rnavozlar, 0,5 shtat tashqi o’rindoshlik asosidagi jo’rnavozlardan iborat.
- professor – 6 ta (1 nafar ayol, 5 nafar erkak);
- dotsent – 8 nafar (2 nafar ayol, 6 nafar erkak);
- katta o‘qituvchi – 5 nafar (3 nafar ayol, 2 nafar erkak);
- o‘qituvchilar – 16 nafar (1 nafar ayol, 15 nafar erkak);
- jo‘rnavozlar – 6 nafar (1 nafar ayol, 5 nafar erkak)
Kafedra a’zolarining o‘rtacha yoshi 40 yoshni tashkil qiladi.
Ilmiy salohiyat asosiy shtatdagi professor-o‘qituvchilar hisobiga 50% ni tashkil etadi.
Hozirgi kunda “Maqom cholg‘u ijrochiligi” kafedrasi mudiri Ilyos Ismatovich Arabov. Ko‘plab davlat mukofotlari sovrindori. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, “Maqom cholg‘u ijrochiligi” kafedrasi mudiri, dotsent.
Bakalavrda:
- Maqom cholg‘u ijrochiligi
- Ansambl sinfi
- Qo‘shimcha cholg‘u o‘rganish
- Cholg‘u sozini o‘rganish
- An'anaviy cholg‘ularda ijrichilikni o‘qitish uslubiyopti
- Ansambl bilan ishlash uslubiyoti (an'anaviy cholg‘u)
- Milliy sozlarda ijrochilik san'ati, Cholg‘u ijrochiligi asoslari
Magistraturada:
- An'anaviy cholg‘ularda ijrochilik mahorati
- Cholg‘u ansambl mahorati
- An'anaviy cholg‘ularda ijrochilik asoslari
Kafedra talabalari Respublika hamda horijda bo’lib o’tadigan ko’plab tadbirlar, ko’rik tanlovlar va ijodiy safarlarda faol qatnashishadi. Masalan: “Nihol”, “Zulfiya”, “Mard o’g’lon”. Bulardan “Nihol” va “Zulfiya” davlat mukofoti sovrindori Vasilisa Naypak.
Ko‘plab davlatlar miqyosida bo’lib o’tadigan “Mustaqillik”, “Navro’z”, “Sharq taronalari” kabi tadbirlarda talabalar o’z san’atlarini namoyish etishadi. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist, professor Malikaxon Ziyayeva rahbarligidagi “Shukrona” professional dutorchilar ansambli ham ushbu tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda.