“XALQARO HAMKORLIK” BO'LIMI
Bo‘limi haqida
Xalqaro hamkorlik bo‘limining asosiy maqsadlaridan biri - Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish orqali Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti ta’lim sifatini xalqaro darajaga olib chiqish maqsadida xorijiy tajribalar asosida ta’lim jarayonini tashkil etish, hamda institutni respublikada fan ta’lim va san’at sohalari bo‘yicha oliy o‘quv yurtlari orasida yuqori o‘rinlarda bo‘lishini ta’minlash uchun imkoniyatlar yaratish.
Xalqaro hamkorlik bo‘limi institutning turdosh va TOP-1000 talikga kiruvchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan maqsadi, o‘quv-uslubiy, ilmiy-ijodiy yo‘nalishlarda hamkorlik, o‘zaro tizimiy o‘quv jarayonlarni tadbiq etish, professor-o‘qituvchilar, xodimlar, doktorantlar, magistrantlar va talabalar dunyoning nufuzli ta’lim muassasalari bilan tajriba almashish kabi tashkiliy masalalarni tashkillashtiruvchi va muvofiqlashtiruvchi bo‘lim hisoblanadi.
Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti Xalqaro hamkorlik bo‘limi tomonidan institutda o‘quv jarayonini yanada yaxshilash, kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda o‘quv-uslubiy, ijodiy va ilmiy-tadqiqot ishlarida jahon tajribalaridan samarali foydalanish maqsadida TOP-1000 ga kiruvchi xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan sohaga oid professor-o‘qituvchilarni jalb qilishni o‘z oldiga maqsad qilib olgan.
Xalqaro hamkorlik bo‘limida milliy musiqa san’ati sohasida xorijiy mamlakatlar bilan o‘zaro tajriba almashishi, institut professor-o‘qituvchilari va talabalarining nufuzli xalqaro ko‘rik-tanlovlarida ishtiroki uchun zamin yaratish.