SIRTQI BO'LIM
Bo‘limi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 536-sonli Qarori asosida Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti tashkil etilgan bo‘lib, institutda Sirtqi bo‘limi faoliyatini boshlagan.
“Vokal va cholg‘u ijrochiligi pedagoglari tayyorlash” kafedrasi qoshida 60112400 - Professional ta’lim: 60211400 – Vokal san’ati (an’anaviy xonandalik hamda 60112400 - Professional ta’lim: 60211500 – Cholg‘u ijrochiligi (an’anaviy cholg‘ular) ta’lim yo‘nalishlaridan iborat.
Bugun kunda “Sirtqi ta’lim” bo‘limida 113-nafar talaba tahsil olmoqda. Shundan: 60112400 - Professional ta’lim: 60211400 – Vokal san’ati (an’anaviy xonandalik) ta’lim yo‘nalishida 52-nafar;
60112400 - Professional ta’lim: 60211500 – Cholg‘u ijrochiligi (an’anaviy cholg‘ular) ta’lim yo‘nalishida 61-nafar.
Amaldagi “Nizom”ga muvofiq “Sirtqi (maxsus sirtqi)” ta’lim shakli mavjud bo‘lgan oliy ta’lim muassasalarida bo‘lim boshlig‘i va o‘quv-metodik ishlar bo‘yicha metodist lavozimlaridan iborat bo‘lgan “Sirtqi (maxsus sirtqi)” ta’lim bo‘limi tashkil etiladi va mazkur “Nizom”ning 43-bandiga binoan “Sirtqi (maxsus sirtqi)” ta’lim bo‘limini, oliy ta’lim muassasasi fakultetining dekani maqomiga tenglashtirilgan bo‘lim boshlig‘i boshqaradi.
O‘quv-metodik ishlar bo‘yicha uslubchi lavozimida To‘xtasinova Shoxista Abdumannobovna faoliyat yuritmoqda.
“Sirtqi (maxsus sirtqi)” ta’lim bo‘limida taxsil olayotgan talabalar har bir yangi o‘quv yilida ikki marta asosiy ish joylarida oylik maoshlari saqlangan holda o‘quv sessiyalariga chaqiriladilar. O‘qish davrida “Sirtqi (maxsus sirtqi)” ta’lim bo‘limi talabalari o‘quv-metodik adabiyotlar, o‘quv-metodik hujjatlar, tarqatma materiallar bilan akademiya tomonidan ta’minlanadi va bilim olish uchun zarur barcha shart-sharoitlar yaratiladi.
Talabalar institutning barcha o‘quv jihozlari, auditoriyalari, labaratoriyalari, kutubxona va axborot resurs markazlari hamda o‘quv-yordamchi tuzilmalari hizmatidan bepul foydalanadilar. Institutda o‘quv jarayoni o‘zbek tilida olib boriladi. Institutda sirtqi ta’lim shaklida taxsil olish 5 yilni o‘z ichiga oladi. O‘quv rejasidan o‘rin olgan barcha predmetlarni o‘zlashtirgan hamda Davlat attestatsiyalaridan ijobiy baholar olgan talabalarga belgilangan shakldagi Davlat namunasidagi hujjatlar taqdim etiladi.