Raqamli ta’lim texnologiyalar markazi
Markaz haqida
Institut tashkiliy tizimi qismlaridan biri bо‘lgan Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.05.2001 dagi 230-sonli qarori, О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining 25.01.2001 yil 23-sonli “OО‘MTV ta’lim muassasalarida Axborot texnologiyalari va masofadan о‘qitish markazlari tashkil etish tо‘g‘risida” gi buyrug‘iga binoan tashkil etilgan.
Markaz О‘zbekiston Respublikasi qonunlariga; vazirliklar va yuqori tashkilotlarning meyoriy hujjatlariga; mehnatni tashkil etishning, mehnat xavfsizligi, elektr xafsizligi, yong‘in xafsizligi qoidalari va meyorlariga; institut ustaviga; Markaz tо‘g‘risidagi koidalar; institut rektorining buyruq va kо‘rsatmalariga asoslanib faoliyat yuritadi.
Markazning asosiy vazifasi institut o‘quv va ma’muriy-boshqaruv jarayoniga raqamli texnologiyalarni tadbiq etish va ulardan foydalanish bo‘yicha boshqaruv-nazorat ishlarini olib borishdan iborat.
Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi o‘quv va ma’muriy boshqaruv jarayoniga axborot kommunikatsion texnologiyalarni tadbiq etish va ulardan foydalanish bo‘yicha boshqaruv-nazorat ishlarini olib borishdan iborat. Shunigdek, markaz o‘zining faoliyatini va rivojlanishini yaratilayotgan dasturiy hamda multimediya mahsulotlari, ko‘rsatilayotgan xizmat va ish turlari bo‘yicha rivojlanish istiqbollarni rejalashtiradi, hamda markazning ishlab-chiqarish, ijtimoiy va material-texnik bazasini kengaytirishni belgilaydi.