Tillar:

Cart

image_not_found

Rorem ipsum dolor sit amet.

$19.00
image_not_found

Rorem ipsum dolor sit amet.

$22.00
image_not_found

Rorem ipsum dolor sit amet.

$43.00
image_not_found

Rorem ipsum dolor sit amet.

$14.00
Sub Total: $87.00

MARKETING VA TALABALAR AMALIYOTI BO'LIMI




Xaitmuxamedov Rovshanjon Samug‘jonovich

Bo‘lim boshlig‘i

Qabul vaqti: Seshanba - Juma (09:00–15:00)

Tel: +998(97)728-00-29

Elektron pochta: rovshan1@mail.ru


MA'LUMOT

  • Mazkur Nizom va institut Ustavida belgilangan vazifalarni bajarish;
  • Me’yoriy-huquqiy xujjatlarni yuritish;
  • Institut kengashi qarorlarining ijrosini ta’minlash;
  • Bo‘lim faoliyati samaradorligini oshirish choralarini ko‘rish.
  • Bo‘lim xodimlari institut rahbariyati tomonidan beriladigan topshiriq va vazifalarni o‘z vaqtida muntazam bajarib boradi.
  • Bo‘lim xodimlari o‘z faoliyatida qonunchilikka qat’iy rioya qiladi.

MARKETING VA TALABALAR AMALIYOTI BO'LIMI


Bo‘limi haqida

- Bo‘lim faoliyati va xodimlar mehnatini tashkil etish;

- Bo‘limning rejasini tuzish va tasdiqlash;

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati tamonidan chiqarilgan bitiruvchilarning bandligini taminlash yuzasidan qabul qilingan Favmon va Qarorlar mazmunini talabalarga yetkazib borish;

- Institutda tayyorlanadigan oliy malakali kadrlarga korxona,muassasa va tashkilotlarning ehtiyojini o‘rganish asosida malumrtlar bazasini shakllantirish

- Madaniyat vazirligi tizimiga tegishli barcha talim muassasalarining malakali mutaxasislarga, pedogoglarga bo‘lgan ehtiyojinio‘rganish, umumlashtirish va rektor imzosi bilan tegishli tashkilotga taqdim etish;

- Bozor talabidan kelib chiqqan holda institutda mutaxasislarni nazariy va amaliy tayyorlashning taxlillarini o‘tkazish;

- Tayyorlanayotgan kadrlar sifatini oshirishga taalluqlidolzarb masaolalarni Kengash yig‘ilishlarida muhokamaga kiritish,bu borada institutning tegishli bo‘limlari bilan hamkorlik qilish;

- Institut bo‘limlariga ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash holatini maqsadli va kompleks o‘rganishdai ishtirok etish hamda tegishli takliflar ishlab chiqarilishida qatnashish;

- Bitiruvchilarni isho‘ga joylashishi yuzasidanishlab chiqarish korxonalari bilan birgalikda uzviy ravishda ish olib borish;

- Bitiruvchilarni ish bilan taminlashni kafolatlash maqsadida talabalarning hoxishiga ko‘ra va yashash joyini hisobga olib, talim muassasalari, korxonalar bilanshartnomalar raymiylashtirishni yo‘lga qo‘yish;



  • Vazifalari

Yunus Rajabiy nomidagi O‘zMMSIda tayyorlanayotgan kadrlarning asosiy buyurtmachilari bo‘lgan vazirlik, idora, hokimiyat, muassasa, korxona va tashkilotlarga yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlarga bo‘lgan real ehtiyojlarini (bo‘sh ish o‘rinlarini) o‘rganish va institut bitiruvchilari uchun “Karyera kuni” axborot-tanishtiruv tadbiri va mehnat yarmarkalarini tashkil etish.

Bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bitiruvchilarga talab va takliflar nisbatini o‘z ichiga olgan holda ta’lim xizmatlari iste’molchilari (ish beruvchi korxonalar, turli mulkchilik shakliga ega bo‘lgan tashkilotlar – davlat va mahalliy boshqaruv organlari, davlat va nodavlat tashkilotlari va h.k.) tuzilmasini baholash, geografik joylashishini aniqlash va guruhlash, potensial imkoniyatlarini tashxis qilish orqali to‘liq ma’lumotlar bankini yaratish;

Tayyorlanayotgan kadrlar sifatini oshirishga taalluqli dolzarb masalalarni oliy ta’lim muassasasining Kengashlarida muhokamaga qo‘yish uchun kiritish, bu borada Oliy ta’lim muassasasining tegishli bo‘limlari bilan hamkorlik qilish;

Oliy ta’lim tizimida marketing xizmati jarayonlarining tez o‘zgaruvchanligi va mehnat bozori rivojlanish dinamikasi bilan o‘zaro bog‘liqligini hisobga olgan holda potensial ish beruvchilar (iste’molchilar), bilan hamkorlikda respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalarining oliy ma’lumotli yosh mutaxassislariga bo‘lgan ehtiyojlarini hududlar bo‘yicha o‘rganish;

Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari hamda hududlarning joriy va istiqbolli rivojlanish dasturlarining talab-ehtiyojlari asosida, birinchi navbatda, yuqori va innovatsion texnologiyalar sohasida yangi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

Mutaxassis kadrlar tayyorlashda manfaatdor tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik va aloqa o‘rnatish, jumladan, korxona, tashkilot yoki muassasa ma’muriyatining tayyorlanayotgan kadrlar sifati va salohiyati to‘g‘risidagi fikrlarini o‘rganib borish;

Oliy ta'lim tizimida kadrlar tayyorlash yo‘nalishlari va ta’lim xizmatlari bozori borasidagi boshqaruv qarorlarini tayyrorlash, qabul qilish va amaliyotga tatbiq etish jarayonlarida ishtirok etadi. Raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni ta’minlash bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqish va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

Kadrlar tayyorlash jarayonida buyurtmachilarning kadrlar sifatiga doir talablarini Oliy ta’lim muassasasi kengashida muhokama qo‘yish;

Bitiruvchi talabalar amaliyotini keyinchalik ishga joylashishi mumkin bo‘lgan korxona va tashkilotlarda tashkil etishga ko‘maklashish;

  • Huquq va majburiyatlari
Bo‘lim faoliyati bevosita institut rektori nazoratida bo‘ladi;

Bo‘lim o‘z faoliyati natijalari bo‘yicha institutning Ilmiy Kengashida har joriy yilda kamida bir marta hisobot beradi;

Bo‘lim o‘z faoliyati to‘g‘risida vazirlikning tegishli boshqarmalarini doimiy habardor qiladi hamda vazirlik tomonidan yo‘llangan tegishli yo‘riq va ko‘rsatmalarni bajaradi;

Bo‘lim faoliyati Oliy talim,fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi va o‘rnatilgan tartibda nazorat qilinadi.