Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi
Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi institut jamoasi, ayniqsa talaba-yoshlar o‘rtasida milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni qaror toptirish orqali inson huquqlari va qadr-qimmatlarini ulug‘lashga, jismonan sog‘lom, aqlan yetuk, dunyoqarashi teran va mustaqil fikrlovchi barkamol yoshlarni tarbiyalashga yo‘naltirilgan uzoq muddatli, keng ko‘lamli ma’naviy-axloqiy tarbiya dasturini amalga oshiradi.
Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon, Qaror va Farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Raqamli texnologiyalar vazirligi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyruqlari hamda institut ichki tartib-qoidasi va ushbu bo‘lim Nizomiga binoan faoliyat ko‘rsatadi.
Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limining asosiy maqsadi - talaba-yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularning ma’naviy, estetik, axloqiy dunyoqarashini kengaytirish, tafakkurini turli xil yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish hamda mustaqil O‘zbekistonning chinakam fidoiy, vatanparvar shaxsi sifatida tarbiyalashdan iborat.
Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiya ishning asosiy yo‘nalishlari:
– talabalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida, mustaqil O‘zbekiston Respublikasining xaqiqiy fuqarolari etib shakllantirish;
– Vatan oldidagi fuqarolik va farzandlik vazifalarini sidqidildan bajarishga tayyorlash;
– talabalarda kasb xunarni mukammal egallash mas’uliyatni oshirish;
– talabaning shaxs sifatidagi, o‘ziga xos individual fazilatlarni shakllantirish va takomillashtirish;
– talabalarni ijtimoiy faollik, tashabuskorlik, o‘qishga va kasbga bo‘lgan hurmat va ijtimoiy mas’ullik hissini keng targ‘ib qilish;
– talabalar ijtimoiy-siyosiy va huquqiy ongini rivojlantirish, ularda tanqidiy va taxliliy fikrlash ko‘nikmalarni kengaytirish;
– talaba yoshlarga salbiy illatlar: adolatsizlik, ta’magirlik, mahalliychilikning salbiy oqibatlarini anglatish;
– talaba yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning qiziqishlari asosida ilmiy-ijodiy faoliyatini tashkil etish;
– manzillashgan ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlarni takomillashtirib borish.
Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limining asosiy vazifalari:
- mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni talaba yoshlar orasida keng targ‘ib etish;
- talaba-yoshlar orasida axloqiy, estetik, siyosiy, huquqiy, badiiy tarbiyani shakllantirish ishlarini yo‘lga qo‘yish;
- milliy urf-odatlar, qadriyatlarni targ‘ibotiga bag‘ishlangan anjumanlar, davra suxbatlari va uchrashuvlarni tashkil etish;
- talabalarning ma’naviy va jismoniy kamolotini yuksaltirish ishlarini takomillashtirishga ko‘maklashish;
- institutda ma’naviy, ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, bu borada zarur me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va uni amalga oshirilishini ta’minlash;
- diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash borasida talaba yoshlar orasida mafkuraviy immunitetni qaror toptirish;
- yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, iste’dodini yuzaga chiqarishga ko‘maklashish
- yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish;
- yoshlar ma’naviyatini oshirish, ular orasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish;
- talaba qizlarni kasb-hunarlar egallashlariga ko‘maklashish ishlarini tizimli tashkil etish;
- Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining shahar, tuman bo‘limlari hamda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan jamg‘armalar, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirishda faol ishtirok etishdan iborat.
Institutdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni bevosita Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishla bo‘yicha birinchi prorektor tashkil etadi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.