Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplaens-nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi
Bo‘limining maqsadlari
• Institutda “Korrupsiyasiz soha” loyihasini universitet miqyosida amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash;
• Institutda korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash;
• Institutda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturlar ijrosini ta’minlash;
• Institutda korrupsiyaga qarshi kurashishga yo‘naltirilgan jamoatchilik nazoratini muvofiqlashtirib borish, shuningdek zamonaviy usullar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida korrupsiyaga qarshi monitoring olib borish;
• Korrupsiyaga qarshi kurashish va jamoat nazorati sohasida umum e’tirof etilgan xalqaro standartlar va xorijning ijobiy tajribasini o‘rganish hamda ilg‘or jihatlarni tatbiq etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
• Institutda korrupsiyaning holati, tendensiyalari va sabablari hamda korrupsiyaga qarshi choralar ko‘rishning samaradorligi yuzasidan sotsiologik, ilmiy va boshqa tadqiqotlarni tashkil etish va takliflar ishlab chiqish;
Bo‘lim o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
• Institutda korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunlar va qonun osti hujjatlar, shuningdek, Vazirlik Hay’ati qarorlari va buyruqlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi;
• Institutda “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshiradi;
• Institutda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan ichki hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun rektorga kiritadi;
• Institutning ichki hujjatlarida aniqlangan korrupsiyaviy normalarni bartaraf qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
• Institutda korrupsiya faktlariga doir xizmat tekshiruvlarini reestrini yuritib boradi;
• Institut xodimlari o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvi monitoringini yuritadi va tegishli takliflar kiritadi;
• Institut faoliyatida korrupsiyaviy holatlarni aniqlash maqsadida professor-o‘qituvchilar, boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi, o‘quv-yordamchi xodimlar, talabalar (magistrantlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar) va aholi o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazadi;
• Professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan konferensiyalar, uchrashuvlar, seminarlar, tanlovlar tashkil etadi;
• Har chorakda va zaruratga ko‘ra korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda institutdagidagi korrupsiyaviy vaziyat haqida rektorga hisobot beradi;
• Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Komplaens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi boshqa davlat organlari va tashkilotlari, ota-onalar bilan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi;
Bo‘lim quyidagi vazifalarni bajaradi
• Bo‘limga umumiy rahbarlik qiladi, bo‘lim ishini tashkil etadi, bo‘limga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda ijro intizomi bo‘yicha to‘liq javob beradi;
• Institutda korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunlar, qonunosti hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi;
• Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar va ish rejalarini ishlab chiqadi, ularning to‘liq, sifatli va o‘z vaqtida ijro etilishini ta’minlaydi;
• Ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish asosida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlaydi;
• Fuqarolik jamiyati institutlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, ota-onalar bilan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi;
• Komplaens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul shaxslarni o‘qitish va malakasini oshirishni tashkil etadi;
• Bo‘lim faoliyatiga taalluqli masalalar bo‘yicha hujjatlarni ishlab chiqadi, shuningdek, kiritilgan hujjatlar loyihalari ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi va takliflar tayyorlaydi;
• Bo‘lim boshlig‘i institut Kengashi tarkibiga kiritiladi hamda majlislarda ishtirok etadi;
• Bo‘lim ishlarini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshirilishini ta’minlaydi;
• Institut faoliyati bilan bog‘liq jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi hamda ijro intizomiga to‘liq amal qiladi;
• Qonun hujjatlariga muvofiq vakolati doirasida boshqa funksional vazifalarni amalga oshiradi.