Cart

image_not_found

Rorem ipsum dolor sit amet.

$19.00
image_not_found

Rorem ipsum dolor sit amet.

$22.00
image_not_found

Rorem ipsum dolor sit amet.

$43.00
image_not_found

Rorem ipsum dolor sit amet.

$14.00
Sub Total: $87.00

“KOMPOZITORLIK, BASTAKORLIK VA UMUMIY FORTEPIANO ” KAFEDRASI

  • Bosh sahifa
  • “KOMPOZITORLIK, BASTAKORLIK VA UMUMIY FORTEPIANO ” KAFEDRASI

MAXAROV NODIRBEK TOLKUNOVICH

    Lavozimi: Kafedra mudiri, dotsent v.v.b.


    Qabul vaqtlari: Seshanba-shanba (10:00 – 12:00)


    Tel.: +998 90 932 22 36


    E-mail: nodirbekmakharov@gmail.com


    Dars beradigan fanlari: Kompozitorlik san’ati, Cholg‘ulashtirish va aranjirovka, Partitura o‘qish, Notalashtirish, Xalq kuylarini notalashtirish

  • Kafedra qisqa tarixi:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2020 yil 2 sentabrdagi 536-son qarori asosida yangi institut ish faoliyatini boshladi.

Yu.Rajabiy nomidagi O‘zMMSI “Kompozitorlik, bastakorlik va umumiy fortepiano” kafedrasi 2022-yilda ochilgan bo‘lib, kafedra faoliyatining asosiy maqsadi – o‘zbek kompozitorlari ijodida maqomga asoslangan musiqiy asarlarni muntazam ravishda yaratilishi ta’minlash.

2024-2025 o‘quv yilida kafedraning umumiy shtati 6,75 stavkani tashkil etadi

2024-2025 o‘quv yilida kafedrada jami 18 nafar pedagog ishlaydi, shundan 10 shtat asosiy, 8 shtat o‘rindosh.

- professor – 3 nafar (3 nafar erkak);

- dotsent – 4 nafar (4 nafar erkak);

- katta o‘qituvchi – 3 nafar (1 nafar erkak, 2 nafar ayol);

- o‘qituvchilar – 8 nafar (3 nafar erkak, 5 nafar ayol).

Kafedra a’zolarining o‘rtacha yoshi 38 yoshni tashkil qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 26-maydagi PF-6000-son Farmoniga muvofiq Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti tashkil etilganligi, hamda 2020 yil 2 dekabrdagi “O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov tavalludining 85 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi PQ–4908-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzurida Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti tashkil etildi. Natijada o‘zbek kompozitorlik sohasida yo‘naltirilgan mutaxassislarni yetishtirish maqsad qilib olindi va har bir muassasada kompozitorlik yo‘nalishi ochildi.

Kafedra tomonidan bir qator vazifalar belgilab olindi. Jumladan,

- madaniyat sohasi ehtiyojlaridan kelib chiqib kompozitorlik va bastakorlik san’ati bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash, ularning ilmiy-ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish;

- kompozitorlik san’ati bo‘yicha fundamental, amaliy va ijodiy izlanish hamda tadqiqotlar olib borish, bastakorlik sohasining o‘ziga xos ijro uslublari va an’analarini qayta tiklash va rivojlantirish;

- o‘quv-metodik adabiyotlar yaratish, bastakorlarning ijodiy merosini chuqur o‘rganish va qayta tiklash;

- milliy musiqa san’ati va kompozitorlik yo‘nalishlarida xorijiy ta’lim muassasalari va markazlari bilan xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro tajriba almashish, qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy loyihalarni amalga oshirish;

- o‘quv jarayonining amaliyot bilan uzviyligini ta’minlash maqsadida madaniyat muassasalari va tegishli tashkilotlar bilan talabalar amaliyotini tashkil etish.

Kafedra doirasidagi o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “Ustoz-shogird” ishlari kafedraning yillik kompleks ish rejasi hamda professor-o‘qituvchilarga belgilangan shaxsiy ish rejalar asosida olib boriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son «2022−2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi farmonni, Oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi ijrosini ta’minlash hamda yuqori tashkilotlardan kelgan buyruq va ko‘rsatmalar, institut Kengashi va fakultet kengashi qarorlari, institut rektori buyruqlari va ko‘rsatmalarida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda o‘quv jarayoni sifatli tashkil etildi.

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar ma’ruza, amaliy va yakka mashg‘ulotlar shaklida olib boriladi. “Kompozitorlik, bastakorlik va umumiy fortepiano” kafedrasida tegishli fanlardan fan dasturlari, ishchi dastur (sillabus) hamda O‘UMlar yaratildi va tasdiqlandi.


  • Kafedra professor-o‘qituvchilari
  • Kafedrada o‘qitiladigan fanlar

• Kompozitorlik san’ati;

• An’anaviy bastakorlik;

• Cholg‘ulashtirish (simfonik orkestr) va aranjirovka (an’anaviy o‘zbek cholg‘ulari);

• Partitura o‘qish;

• Cholg‘ushunoslik (simfonik orkestr, an’anaviy o‘zbek cholg‘ulari);

• Fortepiano;

• Notalashtirish;

• Xalq kuylarini notalashtirish;

• Bastakorlikni o‘qitish uslubiyoti;

• An’anaviy musiqaning zamonaviy nota grafikasi;

• Aranjirovka asoslari;

• Xor yozuvi asoslari;

  • Kafedra faoliyatidan lavhalar