Tillar:

Cart

image_not_found

Rorem ipsum dolor sit amet.

$19.00
image_not_found

Rorem ipsum dolor sit amet.

$22.00
image_not_found

Rorem ipsum dolor sit amet.

$43.00
image_not_found

Rorem ipsum dolor sit amet.

$14.00
Sub Total: $87.00

KADRLAR BO'LIMI




Anorboyev Sherzod Shokir o‘g‘li

Bo‘lim boshlig‘i

Qabul vaqti: Dushanbadan-Jumagacha (14:00 - 17:00)

Tel: +998(71)237-35-75

Elektron pochta: anorboyevsherzod7373@gmail.com


MA'LUMOT

  • Mazkur Nizom va institut Ustavida belgilangan vazifalarni bajarish;
  • Me’yoriy-huquqiy xujjatlarni yuritish;
  • Institut kengashi qarorlarining ijrosini ta’minlash;
  • Bo‘lim faoliyati samaradorligini oshirish choralarini ko‘rish.
  • Bo‘lim xodimlari institut rahbariyati tomonidan beriladigan topshiriq va vazifalarni o‘z vaqtida muntazam bajarib boradi.
  • Bo‘lim xodimlari o‘z faoliyatida qonunchilikka qat’iy rioya qiladi.

KADRLAR BO'LIMI


Bo‘limi haqida

Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti Xodimlar bo‘limi institutning tarkibiy bo֥‘limlaridan biri hisoblanadi. Bo‘lim O`zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarorlari, Farmon va Farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi buyruqlari, farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi, institut Rektori buyruqlari, farmoyishlari hamda Institut Nizomi, yo‘riqnomalari va tegishli ko‘rsatmalari asosida faoliyat olib boradi. Xodimlar bo‘limi institutda mehnat qilayotgan professor-o‘qituvchi va xodimlarining institut ichki-tartib qoidalari, mehnat intizomi, lavozim yo‘riqnomalari va o‘rnatilgan qoidalarga muvofiq faoliyat yuritishini tashkil qiladi. Xodimlar bo‘limida Bo‘lim boshlig‘i va 1 nafar muhandis hamda 1 nafar inspektor faoliyat olib boradi. Ular bo‘limi boshlig‘i topshirig‘i va ko‘rsatmalariga muvofiq ishni tashkillashtiradi.

Bo‘limining vazifalari

Professor-o‘qituvchi va xodimlarni ishga qabul qilish, mehnat shartnomasini bekor qilish, lavozim va shtat birliklarini o‘zgartirish, mehnat ta’tili berish hamda muddatidan avval ishga chaqirib olish, o‘z hisobidan ta’til, tanlov asosida ishga qabul qilish, attestatsiyadan o‘tish muddatlarini aniqlash, belgilashni nazorat etish;

Ishga qabul qilingan har bir xodim o‘rtasidagi mehnat shartnomalari tuzishni nazorat qilish hamda faoliyatga oid buyruqlarni tayyorlash;

Rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish va va undan foydalanish borasida takliflar berish;

Institut rektoriga professor-o‘qituvchilar tarkibi, ularning mehnat intizomi, ta’lim berish sifatini yaxshilash hamda ularning qo‘nimsizligining oldini olish yuzasidan takliflar tayyorlash va taqdim etish;

Xodimlar masalasi bo‘yicha yuqori tashkilotlar bilan aloqada bo‘lish;

Vazirlik va tegishli tashkilotlarga universitet professor-o‘qituvchi va xodimlarini davlat mukofotiga tavsiya qilish ishlarini tashkil qilish;

Professor-o‘qituvchi va xodimlarga guvohnomalar tayyorlab berish va guvohnomalar muddatini uzaytirilishini nazorat qilish;

Professor-o‘qituvchilar imzolarini tasdiqlash, ma‘lumotnomalar berish;

Mehnat daftarchalarini yuritish, ularni hisobini to‘g‘ri olib borish va mehnat shartnomasi bekor qilingan yoki tugagan xodimga o‘z vaqtida topshirish;

Professor-o‘qituvchi va xodimlarning belgilangan shaklda statistik hisobotini olib borish;

Professor-o‘qituvchi va xodimlarning shaxsiy yig‘ma jildini, shaxsiy varaqasini (T-2 shakl), shaxsiy ma’lumotnomasini (ob’ektivka) shakllantirish, belgilangan tartibda yuritilishini tashkil etish;

Institut shtat jadvalini Reja-moliya bo‘limi bilan birgalikda muvofiqlashtirish va shtat jadvaliga asosan ish olib borish;

Nafaqa yoshidagi professor-o‘qituvchi hamda xodimlarni aniqlash, hujjatlarini rasmiylashtirish hamda ro`yxatga olish;

Har oyning boshida tuman bandlikka ko‘maklashish markaziga bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumot taqdim etish;

Bo‘limda saqlanayotgan xodimlarga oid barcha me‘yoriy va shaxsiy hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda dalolatnoma tuzish orqali Institut arxiviga topshirish;

Bo‘lim va xodimlar bilan ishlashda odob-ahloq va ichki-tartib qoidalariga, mehnat intizomi va muomala madaniyatiga rioya qilish.