Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi
Bo‘limi haqida
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 26 madagi PF-6000-son Farmoni va “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillishtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4730-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining “Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2020 yil 2 sentabrdagi 536-son qaroriga muvofiq “Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti” (keyingi o‘rinlarda-institut deb yuritiladi) institutni tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
Sektor o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, institutining normativ hujjatlariga va bo‘lim Nizomiga amal qiladi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring sektorining asosiy vazifalari
- Sektorga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, bo‘lim xodimlari ishlarini tashkil etadi hamda mazkur Nizomga muvofiq bo‘limga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun to‘liq javob beradi;
- Sektor faoliyatini takomillashtirish, o‘zi hamda xodimlar malakasini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
- Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bo‘linmalar tomonidan o‘z vaqtida ijro etilishining «edo.ijro.uz.» va «cabinetpm2.gov.uz» tizimida nazoratini olib boradi, institut rektor oldi va Kengash majlislarida ularning ijrosi natijadorligini ko‘rib chiqadi hamda tegishli takliflar bilan birgalikda umumlashtirilgan ma’lumot kiritadi;
- Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro etilishini tashkil etish borasidagi faoliyat samaradorligini oshirish, shuningdek, institut tizimidagi bo‘linmalar mas’ul xodimlarining ijro intizomini ta’minlashdagi mas’uliyatini kuchaytirish yuzasidan rektorga takliflar kiritib boradi;
- Institutning bo‘linmalari, huzuridagi fakultetlar, kafedralarda ijro intizomini buzgan mas’ul xodimlarga nisbatan tegishli intizomiy choralar ko‘rish yuzasidan institut rahbariyatiga takliflar kiritadi;
- Institutning bo‘linmalari, huzuridagi fakultetlar, kafedralarda ijro intizomi holatini tizimli ravishda maqsadli o‘rganishni tashkil etadi;
- Sektor faoliyatiga taalluqli masalalar bo‘yicha hujjatlarni ishlab chiqadi, shuningdek, kiritilgan hujjatlar loyihalari ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi va takliflar tayyorlaydi;
- Sektor faoliyati bilan bog‘liq jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi hamda ijro intizomiga to‘liq amal qiladi;
- Sektor ishlarini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshirilishini ta’minlaydi;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi va boshqa organlardan, vazirliklardan, institut-idoralardan, ommaviy axborot vositalaridan institutga kelib tushgan xat-hujjatlarni o‘z vaqtida qabul qilish, o‘rnatilgan tartibda ro‘yhatdan o‘tkazish hamda institut rahbariyati, uning tarkibiy bo‘lim va bo‘limlariga yetkazilishini nazorat qiladi;
- Belgilangan xizmat vazifalaridan kelib chiqib, sektor ish rejasiga amal qilgan holda, xodimlarning ish faoliyatini sifatli tashkil etadi va uni muvofiqlashtiradi;
- Boshqaruv faoliyatini hujjatlashtirish, xatlarni jo‘natish va ichki hujjatlarni tuzish, rasmiylashtirish ishlarini amalga oshirilishini nazorat qiladi;
- Institut va bo‘linmalarda ish yuritish bo‘yicha tegishli amaliy-metodik yordam beradi va ularning ishini nazorat qiladi;
- Ish yuritish va hujjatlar bilan ishlashda o‘rnatilgan tartiblarni takomillashtirish borasida bo‘linmalar bilan hamkorlikda ish olib boradi va tegishli chora-tadbirlarini ishlab chiqadi;
- Bo‘linmalarda ish yuritish yuzasidan faoliyat ko‘rsatuvchi xodimlar malakasini oshirish va takomillashtirish maqsadida tegishli seminar tashkil etish bo‘yicha takliflar kiritadi.