AXBOROT-RESURS MARKAZI
I. Axborot-resurs markazining umumiy qoidalar
Institutning Axborot-resurs markazi (keyingi o‘rinlarda Axborot-resurs markazi deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish manfaatlari yo‘lida axborot-kutubxona faoliyatini tashkil etuvchi hamda amalga oshiruvchi axborot-kutubxona muassasasi hisoblanadi.
Axborot-resurs markazi oliy ta’lim muassasasining tarkibiy bo‘linmasi sifatida oliy ta’lim muassasasi rahbariyatiga bo‘ysunadi.
Axborot-resurs markazi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyruqlari va Hay’at qarorlariga, oliy ta’lim muassasalari Kuzatuv kengashlari qarorlari va buyruqlariga, shuningdek, oliy ta’lim muassasasi ustavi va ta’lim muassasasi rahbariyatining buyruqlari va farmoyishlariga, ichki tartib qoidalari hamda ushbu Nizomga amalga qiladi.
Axborot-kutubxona fondidan foydalanish tartibi, asosiy xizmatlar ro‘yxati, ularni ko‘rsatish shartlari, foydalanuvchilarning huquqlari va javobgarligi Axborot-resurs markazidan foydalanish qoidalarida belgilanadi.Foydalanish qoidalari har bir oliy ta’lim muassasasi tomonidan mustaqil ishlab chiqiladi. Institut Axborot-resurs markazining axborot-kutubxona fondi davlat mulki hisoblanadi.
Institut Axborot-resurs markaziga umumiy, tashkiliy-metodik rahbarlik, uning ishini muvofiqlashtirish Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazi tomonidan amalga oshiriladi.
II. Axborot-resurs markazining asosiy vazifalari
Quyidagilar Axborot-resurs markazining asosiy vazifasi hisoblanadi: Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda axborot olishning manbai, shakli va metodlarini tanlash imkoniyatini ta’minlash tamoyili asosida talabalar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar, professor-o‘qituvchilar, shuningdek, aholining intellektual, bilim, ma’naviy-axloqiy va madaniy ehtiyojlarini har tomonlama qondirish uchun qulay shart-sharoitlar va keng axborot resurslari bazasini yaratish;
Axborot-resurs markazi faoliyati sohasida davlat siyosatini amalga oshirishda qatnashish, talabalar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar, professor-o‘qituvchilarga axborot-resurs markaz xizmati ko‘rsatish darajasini doimiy takomillashtirish va oshirishni hisobga olgan holda Axborot-resurs markazini yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish;
Talabalar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar, professor-o‘qituvchilarga xizmat ko‘rsatish shart-sharoitlarini, shakl va metodlarini takomillashtirish, maxsus dasturiy komplekslarni joriy etish, elektron axborot-ma’lumot xizmatlarini yaratish, zamonaviy kompyuter vositalaridan va ma’lumotlar uzatish texnologiyalaridan foydalanish asosida Axborot-resurs markazi faoliyati jarayonlarining avtomatlashtirilishini ta’minlash;
Foydalanuvchilarga Axborot-resurs markazining resurslaridan foydalanishni ta’minlaydigan elektron xizmat ko‘rsatish, xorijiy kutubxonalar resurslari va ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalariga ulangan holda markazning yig‘ma elektron katalogini va elektron axborot-kutubxona fondini shakllantirish hamda yuritish;
Axborot-resurs markazi fondini milliy va chet el nashrlari bilan tizimli to‘ldirib borish, nodir va alohida qimmatli nashrlarning ehtiyotlab saqlash, qo‘lyozma kitoblar va nodir nashrlarni konservatsiya va restavratsiya qilishning zamonaviy metodlarini joriy etish, ularni ishonchli saqlashni ta’minlaydigan maxsus rejim sharoitlarida asrashni tashkil etish;
Yuqori malakali mutaxassislarni tanlov asosida tanlab olish, Axborot-resurs markazi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, kadrlar salohiyatini doimiy takomillashtirish.
III. Axborot-resurs markazining faoliyati.
Axborot resurs markazining fondida jami 1475 nomda 6120 sondagi adabiyotlar mavjud bo‘lib, ulardan 132 nomda 1013 sonda darslik, 358 nomda 1916 sonda o‘quv qo‘llanmalar, 451 nomda 1895 sonda badiiy adabiyotlar va 534 nomda 1296 sonda bashqa adabiyotlar.
Yangi kelgan professor-o‘qituvchi va talabalar a’zo bo‘lishyapti. Shu kunga qadar 126 ta professor-o‘qituvchilar va 689 ta talabalar a’zo bo‘lishdi. Biz talabalarni kutubxonaga jalb qilish maqsadida, yangi kelgan kitoblar taqdimoti, yangi kitoblar ko‘rgazmasini tashkil etib kelamiz. Axborot resurs markazida elektron kanali mavjud bo‘lib, unga ko‘pchilik professor-o‘qituvchi va talabalar a’zo bo‘lishgan.
Axborot resurs markazida 8 ta xodim ish olib boradi. Axborot resurs markazi 3 ta bo‘limdan iborat bo‘lib, O‘quv zali, Kompyuter zali, Kitob tarqatish bo‘limi.
O‘quv zali -24 o‘ringa mo‘ljallangan.
Kompyuter zali -7 ta kompyuter mavjud.
Ko‘zi ojiz talabalar uchun- 1ta kompyuter
Axborot resurs markazi zamonaviy texnikalar bilan jihozlangan va to‘liq internet tarmog‘iga ulangan. Ulardan.
Kompyuter -8 ta
Printer -1ta
Skayner -1ta
Nusxa ko‘chirish moslamasi -1ta